NEWS (Uz)

Xitoydan O'zbekistongacha yangi temir yo'l orqali yuklarni tashish imkoniyati

Temir yo‘l Xitoyning Qashg‘ar shahridan boshlanadi va O‘zbekistonning Andijon shahriga qadar quriladi.

6 iyun kuni Xitoy poytaxti Pekinda Xitoy hukumati, Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston hukumati o‘rtasidagi «Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temir yo‘li loyihasi imzolangan edi.
Bitim matniga ko‘ra, Qirg‘iziston hududida temir yo‘l qurilishi qo‘shma yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi: Qashg‘ar (Xitoy) – Torugart (Qirg‘iziston) – Makmal (Qirg‘iziston) – Jalolobod (Qirg‘iziston) – Andijon (O‘zbekiston).
Qirg‘izistonning Kaktus.media nashri «Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temir yo‘li yo‘nalishi xaritasini keltirdi. Qayd qilinishicha, ko‘rsatilgan marshrut faqat taxminiydir. Temir yo‘lning aniq yo‘nalishi landshaft va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi.
«Tomonlar loyihani qurish tannarxini pasaytirish, investitsiya va ekspluatatsiya samaradorligini oshirish maqsadida chuqur o‘rganish va asoslashdan so‘ng qo‘shma marshrut variantini optimallashtirish va loyihaning iqtisodiy samaradorligini oshirishga tayyor», deyiladi shartnomada.